Shvarseneggerning da’vosidan so‘ng unga qiyofadosh robot yo‘q qilinadigan bo‘ldi

0
77

Bu haqda zamin.uz
habar beradi.


Foto: Las Vegas Review-Journal
Promobot kompaniyasi tashqi ko‘rinishi aktyor Arnold Shvarseneggerga o‘xshaydigan robotini yo‘q qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
«Odamga o‘xshash mazkur robot enagani yo‘q qilish rejalashtirilgan. U hozir AQSHning Nyu-York shahridagi Toy Fair ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda. Biz uning Arnold Shvarsenegger ekanligini aytmaganmiz, uning ismini tilga olmaganmiz, o‘z mahsulotimizni sotish uchun uning tashqi ko‘rinishidan foydalanmaganmiz, robotni yo‘q qilamiz«, — deyiladi kompaniya tomonidan.

Avvalroq TMZ portali Arnold Shvarsenegger Rossiyadagi xizmatchi robotlar ishlab chiqaruvchi Promobot kompaniyasidan 10 million dollar talab qilayotgani haqida xabar bergandi. Da’voda aytilishicha, kompaniya o‘z mahsulotlarida aktyorning qiyofasidan uning ruxsatisiz foydalangan.

Kompaniya avvalroq robot enaga mustaqil ravishda bolalarga qarab turishini ma’lum qilgandi. U ko‘z, lab, qoshlarini qimirlata oladi, gaplashadi. Unga istalgan insonning ko‘rinishini berish, hattoki ota-onaning nusxasiga aylantirish mumkin.

Javob qoldiring