O‘zbekiston dunyoda koronavirus tarqalgani tufayli taxminan bir milliard dollar yo‘qotishi mumkin

0
94

Bu haqda zamin.uz
habar beradi.


2020 yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti koronavirus tarqalganligi tufayli Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan manfaatli savdo munosabatlarida 960 million dollardan ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin, deydi iqtisod fanlari nomzodi Sergey Voronin. Bu haqda «Review.uz» nashri bergan ma’lumotga tayanib Daryo ma’lum qildi.

Ekspertning fikricha, davlat budjeti bir nechta jihat bo‘yicha zarar ko‘radi. Importga qo‘shilgan soliq tushumlari kutilgan 2,9 foizni tashkil qilmasligi va 1,5 foizgacha, davlat bojlari 0,4 dan 0,2 foizgacha, aksiz solig‘i esa YAIMga nisbatan hisoblaganda 0,1 dan 0,05 gacha tushib ketishi mumkin. 2019 yilda Respublikadagi YAIM 58,3 milliard dollar bo‘lganini inobatga olib 2020 yildagi zarar miqdori 960 million dollard (YAIMning 1,65 foizi) atrofida bo‘lishi taxmin qilingan.

O‘tgan yili Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lgan, XXRning tashqi savdodagi ulushi 18 foizni tashkil qilgan, tovar almashinuvi esa 7,6 milliard dollar miqdorida ekani ma’lum qilingandi.

O‘zbekiston Xitoyga energiya vositalari va neft, to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qiladi, mashina hamda uskunlar, shuningdek, kimyo sanoatining xom ashyosini esa import qiladi. Shu sababli COVID-19 koronavirusining tarqalgani iqtisodiyotning barcha jabhalariga salbiy ta’sir qiladi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni ham talofat ko‘rishi mumkin. O‘zbekistondagi katta sanoat korxonalarining ayrimlarining xom ashyo va uskunalarning asosiy yetkazib beruvchisi Xitoy hisoblanadi.

O‘tgan yili tadbirkorlikda Xitoy kapitali ishtirokida jami 531 ta kompaniya yaratilgan va XXR biznesmenlari bu ro‘yxatda yetakchilik qilgandi. 2020 yilda ushbu natijaning takrorlanishi katta so‘roq ostida qolgan. Turizm ham zarar ko‘radi, sayyohlar oqimi kamayishi kutilmoqda.

Soliq to‘lovchi katta korxonalarga soliqlar bo‘yicha prognozlarni qayta ko‘rib chiqish, ushbu rejalarni bajarish uchun davlat tomonidan ularga qanday yordam talab etilishini ko‘rsatish tavsiya qilinadi, deyiladi xabarda.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Javob qoldiring