Telefoniga termilib o‘tirganlarga!

0
78

Hoy yigit! Hoy qiz! Otang yoningda sening tabassuming va shirin so‘zingga muhtoj bo‘lib o‘tiribdi. Onang oldingda birgina bo‘sang va xolis duoingga muhtoj bo‘lib o‘tiribdi. Sizlar bo‘lsa ijtimoiy tarmoqlardagi turli xabarlarni o‘qib, har bir post, xabar va maktubga izoh yozib o‘tiribsizlar. Ota-onaga yaxshilik qilish, silai rahm, haqdorlarga vafo qilish qayerda qoldi?!

*****

Agar ijtimoiy tarmoqlardagi har bir yangi inson bilan do‘stlashaversang, har bir videoni ko‘rib, har bir postni o‘qib, barcha izohlarni ko‘zdan kechirib, ma’lumotlarga layklar bossang, u holda Alloh taoloning ibodatiga, Qur’oni Karimni tilovat qilishga, oilaga e’tibor qaratishga, muhim ishlaringga qachon vaqt topasan?! Vaqtingni tartibga sol, chunki u sening hayotingdir.

*****

Telefoniga termulib, ijtimoiy tarmoqlarda kezayotgan va ayoliga, oilasiga e’tibor qitlmayotgan er Alloh taoloning huzurida qanday hisob berishini ko‘z oldiga keltirib, vijdoniga quloq solib, mas’uliyatini his qilib olsin!

Dugonalari bilan ijtimoiy tarmoqlarda suhbatga kirishib ketgan ayol ham o‘zini tuzatib, eriga, oilasiga e’tiborli bo‘lishni boshlasin. Chunki u Alloh taoloning huzuriga borganda bular haqida so‘raladi.

“Har biringiz rahbarsiz va har biringiz qo‘l ostingizdagilar haqida so‘ralasiz”.

*****

Har bir amalda niyatga e’tibor bering va to‘g‘rilab oling! Solih amal ibodatdir. Siz mehnat qilib, pul topishga borar ekansiz, bu bilan or-nomusingizni saqlashni, (tilanchilik qilib) yuz nurini to‘kishdan asrashni niyat qilgan bo‘lsangiz, go‘yo ishxonada, idorada, dalada, bozorda, fabrikada namoz o‘qiyotgandek bo‘lasiz.

*****

Jannat ahli jannatga kirishganda,  “Ular: “Bizdan g‘am-qayg‘uni ketkazgan Allohga hamdu sano bo‘lsin. Albatta, Robbimiz o‘ta mag‘firatli va o‘ta shukr qilguvchidir. U zot bizlarni O‘z fazli ila bir turar joyga joylashtirdiki, u yerda bizga charchoq ham yetmas, horg‘inlik ham yetmas”, derlar”.

Allohu akbar. Jannatga kirilgach, dunyoda bo‘lgan alam ko‘z yoshlari, oh-vohlar, jarohatlar, og‘riqlar, siqilishlar, to‘qnashishlar, ezilishlar u yerda bo‘lmaydi. Balki Rohmanning qo‘shnisi bo‘lganlari holda ular uchun uns, xursandchilik, xushxabar, pokiza hayot, abadiylik va ko‘z quvonchi boshlanadi.  Ey Alloh, bizni jannat ahlidan qilgin!

 

Doktor Oiz Qarniy sahifalari asosida

Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Manba: muslim.uz

Bu haqda aniq.uz habar bermoqda.

Javob qoldiring